17:02 / 26.08.2015
2267

Starbucks bosh direktori moliyaviy bozordagi qiyinchiliklar tufayli baristalarni mijozlarga e'tiborliroq bo‘lishga chaqirdi

Starbucks qahvaxonalari tarmog‘i bosh direktori Hovard Shults xodimlarga yo‘llagan maxsus maktubida moliya bozorlardagi o‘zgaruvchanlik tufayli baristalarni (barmenlarni) mijozlarga e'tiborliroq bo‘lishga chaqirdi. Maktub nusxasi The Washington Post nashri ixtiyoriga kelib tushdi.

“Moliya bozorlaridagi o‘zgaruvchanlik va siyosiy beqarorlik, shubhasiz, mijozlarimizning o‘ziga bo‘lgan ishonchida aks etadi. Ulardan ko‘pchiligi tashvishli va biroz jizzaki bo‘lishi mumkin”, - deyiladi 190 ming nafar xodimga yuborilgan maktubda.

Shu bois, top-menejyerning fikricha, xodimlar mijozlarga alohida e'tibor qaratishi va ularning ahvolini to‘g‘ri tushunishi lozim: “Mijozlarimizning talablariga mos bo‘lish uchun ham shaxsan, ham jamoa sifatida qo‘lingizdan kelgan ishni qiling”.

So‘zining yakunida Shults moliya bozoridagi vaziyat tarmoqning rivojlanishi va iqtisodiy farovonligiga ta'sir ko‘rsatmasligini alohida ta'kidladi.

Top