00:43 / 26.08.2015
3821

Tojikistonda rossiyalik harbiy taksichiga hujum qildi

Tojikistonda joylashgan Rossiyaning 201-harbiy bazasi harbiy xizmatchisi Qo‘rg‘ontepada yashovchi erkakka ko‘plab pichoq jarohatlari yetkazdi. Bu haqda mamlakatning janubida, Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan Xatlon viloyatidagi o‘zining huquq-tartibot muassasalaridagi manbalariga iqtibos keltirgan holda mamlakatda chop etiluvchi “AZIYa-plyus” gazetasida ma'lum qilindi.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, 21 avgustda rossiyalik harbiy Dmitriy Tolstoy 24 yoshli taksichi Toir Sultonovga hujum qilib, unga jarohat yetkazgan. Voqea guvohlari jabrlanganga yordam ko‘rsatishgan va uni viloyat klinik shifoxonasiga yetkazganlar. Qiziqqon harbiy esa huquq-tartibot muassasalari xodimlari yetib kelgunga qadar ushlab turilgan. Harbiy bunday harakatni amalga oshirganiga nima sabab bo‘lgani hozircha noma'lum.

Shifokorlarning aytishicha, Sultonov bo‘yin, bosh va qo‘llar sohasida ko‘plab jarohatlar bilan shifoxonaga olib kelingan. Shifoxonada u operatsiya qilingan, ikki kundan keyin esa jonlantirish bo‘limidan umumiy palataga davolanishga olingan. Anyi paytda uning ahvoli og‘ir deya baholanmoqda.

Rossiyalik harbiyga nisbatan Tojikiston jinoyat kodeksining 110-moddasi – “Salomatlikka qasddan og‘ir jarohat yetkazish” bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ish ko‘rib chiqish uchun harbiy prokuraturaga topshirildi.

Top