01:57 / 26.08.2015
3991

Turkiya “IShID”ga qarshi koalitsiya tarkibiga kirmoqda

Turkiya yaqin orada “IShID” terrorchilik guruhiga qarshi kurashuvchi AQSh boshchiligidagi koalitsiya tarkibiga kirishini rasman e'lon qiladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

AQSh Mudofaa vazirligida Turkiyaning terrorchilarga qarshi aviazarbalar beruvchi davlatlar ro‘yxatiga kirishining texnik detallari kelishib olingani ma'lum qilindi. Pentagon matbuot kotibi Turkiya iloji boricha tezroq tezkor harakatlarni boshlashga intilayotgani, biroq tayyorgarlik bir necha kun olishini ta'kidlab o‘tdi.
Bundan avval AQSh va Turkiya Suriya shimolini “IShID” jangarilaridan ozod etishni rejalashtirayotganlari ma'lum qilingan edi. Turkiyaning jangarilarga qarshi kurashishga qo‘shilishi zarurligini Pentagon rahbari Eshton Karter aytib o‘tgan.

Top