17:10 / 26.08.2015
2912

Ukrainalik sobiq militsiyachi vazir o‘rinbosarining mashinasini o‘qqa tutdi

Kiyev huquq-tartibot organlari Ukraina Fan va ta'lim vazirligi vazirining birinchi o‘rinbosari Inna Sovsun ketayotgan avtomobilni o‘qqa tutgan fuqaroni qo‘lga oldi. Bu haqda «Interfaks» Ukraina IIV bergan ma'lumotlarga tayanib xabar tarqatdi.

IIV xodimlaridan birining ma'lum qilishicha, jinoyatchi 39 yoshli Donetsk viloyati fuqarosi bo‘ldi.

U sobiq militsiya xodimi bo‘lib «Titan» davlat qo‘riqlash xizmatida faoliyat yuritgan. Hozirda shubha ostidagi shaxs hibsga saqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 25 avgust kuni Kiyevda noma'lum shaxs vazir o‘rinbosarining mashinasiga hujum qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Voqea natijasida mashinaga jiddiy shikast yetgan, biroq hech kim jabr chekmagandi.

Top