18:22 / 26.08.2015
3117

Xitoy xalq banki moliya tizimiga 20 mlrd dollar kiritdi

Xitoy xalq banki likvidlikni boshqarishning qisqa muddatli vositalari yordamida mamlakat moliya tizimiga 140 mlrd yuan (21.8 mlrd dollar) kiritdi. Bu haqda moliyaviy regulyator tarqatgan xabarnomadan ma'lum bo‘ldi.

Likvidlikni boshqarishning qisqa muddatli vositalari markaziy bank taqdim etgan qarzlardir. Operatsiyalar shartiga ko‘ra, ular 6 kunga 2.3 foiz stavkasi bilan taqdim etildi.

Kecha bank kredit stavkasini 0.25 foizga tushirib, 4.6 foiz qilib, depozitlar bo‘yicha stavkalarni ham shunchaga tushirib, 1.75 foiz qilib belgiladi. Bundan tashqari, zaxira me'yori 6 sentabrdan 50 punktga tushiriladi.

Xitoy fond indekslarining ikki kunda 7-8 foizga tushib ketishini markaziy bankni ushbu qadamlarni tashlashga undadi.

Top