14:48 / 26.08.2015
8528

Xitoyda jo‘jalar ortilgan yuk mashinasi yo‘lda ag‘darilib ketdi

Xitoyning sharqiy qismida minglab jo‘jalarni olib ketayotgan yuk mashinasi yo‘l transport hodisasiga uchradi. Bu haqda People nashri yozgan.

Ma'lum qilinishicha, bu hodisa Shandun viloyatida ro‘y bergan. Bu YTH vaqtida mashinadagi minglab jo‘jalar solingan idishlar yo‘l bo‘ylab sochilgan. Ayni vaqtda mahalliy aholi politsiyaning qarshiligiga qaramasdan jo‘jalarni yig‘ishtirib olmoqda va uylariga olib ketmoqda.

Bundan tashqari, yo‘ldan o‘tayotgan mashinalarning haydovchilari ham to‘xtab, tekin jo‘jalarni o‘zi bilan olib ketishmoqda. Yuk mashinasi haydovchisining bildirishicha, mashina yukxonasida jami 7800 dollarlik jonli mahsulot bo‘lgan.

Top