10:30 / 26.08.2015
2548

Yaponiyaga Saxalinda ishlab chiqarilgan suyultirilgan gazning minginchi partiyasi yuborildi

“Saxalin-2” loyihasi doirasida suyultirilgan tabiiy gazning navbatdagi partiyasi Yaponiyaga yuborildi. Bu haqda Sakhalin Energy kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Saxalin janubida birinchi gaz suyultirish zavodi ishga tushganidan buyon bu Yaponiyaga yuborilgan minginchi gaz partiyasi bo‘ldi.

Yubiley partiya ikkita xaridor - Tokyo Electric va Tokyo Gas’ga yetkaziladi”, - deyiladi xabarnomada.
2009 yil mayida Saxalin zavodi chiqargan birinchi suyultirilgan gaz partiyasi ham aynan Yaponiya kompaniyalari tomonidan sotib olingan edi. Standart partiyaning hajmi 145 ming kubometrni tashkil qiladi.
“Saxalin zavodining asosiy xaridorlari Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlaridir. Bu bozorlar Saxalingan geografik nuqtai nazardan ham yaqindir, bu Sakhalin Energy kompaniyasining jiddiy ustunligidir.

2009 yildan buyon suyultirilgan gazning 72 foizidan ko‘prog‘i Yaponiyaga, 22 foizi Janubiy Koreyaga yuborildi. Boshqa xaridor davlatlar qatorida Xitoy, Tayvan, Hindiston, Quvayt va Tailandni aytib o‘tish mumkin”, - ta'kidlandi xabarnomada.

Top