12:19 / 26.08.2015
2196

Yarmolenko "Arsenal"dan taklif bo‘lishiga qaramasdan "Barselona"ga o‘tishni ma'qul ko‘rishini aytdi

Kiyevning "Dinamo" jamoasi yarimhimoyachisi Andrey Yarmolenko "Arsenal"ga o‘tishni istamadi. U o‘z futbolchilik faoliyatini "Barselona"da davom ettirishni orzu qilmoqda.

Sport.es nashri ma'lumotlariga ko‘ra, "Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Vengerning shaxsan o‘zi ushbu 25 yoshli futbolchi bilan gaplashgan va uni Londonga taklif etgan.

Lekin Yarmolenko bu taklif uchun minnatdorchilik bildirgan holda uni rad etgan.

"Men sizning qiziqshingizdan juda xursandman. Lekin men "Barselona"da o‘ynashni istayman", deb javob bergan u.

Biroz oldinroq, kataloniyaliklar ushbu ukrainalik futbolchini 2016 yilning yanvarida Pedroga o‘rinbosar sifatida transfer qilishni mo‘ljallayotganini bildirgandi.

Top