10:37 / 27.08.2015
3152

“Allyur avto” direktori: Qozog‘iston milliy avtobrend yaratishga hali tayyor emas

Qozog‘istonda avtomobilsozlikning rivojlanishi milliy brendning yaratilishiga olib keladi, ammo hozircha mamlakat bunga tayyor emas. Bu haqda “Allyur avto” kompaniyasi bosh direktori, “Kazavtobiznes” uyushmasi prezidenti Andrey Lavrentev brifing chog‘ida ma'lum qildi.

“Xorijiy brendlar ostida avtomobillar ishlab chiqarish bilan to‘xtab qolmasligimiz kerak. Bu bugungi kunimizning asosiy masalasidir. Avtomobil sanoatimizning rivojlanishi oxir-oqibat milliy brendning yaratilishiga olib kelishi kerak”, - dedi u.
“Hozircha biz bunga tayyor emasmiz, malaka yo‘q, texnologiyalarni rivojlantirish markazi yo‘q, sertifikatsion baza yo‘q.

2020 yilga qadar biz malaka to‘plab olishimiz, muhandislar maktabini yaratishimiz, institutlar va sinov laboratoriyalarini yaratishimiz, transmilliy kompaniyalar bilan qo‘shma korxonalar qurishimiz kerak. Mana shundagina milliy brend ishlanmalariga o‘tishimiz mumkin”, - qo‘shimcha qildi Lavrentev.

Top