15:56 / 27.08.2015
2779

AQSh Davlat departamenti vakili O‘zbekistonda bo‘lib turibdi

27 avgust kuni O‘zbekiston TIV binosida Abdulaziz Komilov AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Daniel Rozenblumni qabul qildi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston-AQSh muloqotining hozirgi holati va uni siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, gumanitar va o‘zaro manfaatli bo‘lgan boshqa sohalarda chuqurlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, ba'zi xalqaro va mintaqaviy siyosatga oid masalalar ham muhokama qilindi.

Suhbatda AQSh Elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdi.

Top