14:53 / 27.08.2015
13770

Atambayev AQShga safarini bekor qildi

Prezident Almazbek Atambayev boshchiligidagi Qirg‘iziston delegatsiyasining AQShga rasmiy safari bekor qilindi.

Aytilishicha, delegatsiya sentabr oyining oxirida AQShga bir haftalik safar bilan jo‘nab ketishi kerak edi. Ammo yaqinda safarning bekor qilingani ma'lum bo‘ldi.
Prezident devoni rahbari o‘rinbosari, tashqi siyosiy bo‘lim mudiri Sapar Isoqovning jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida ma'lum qilishicha, bu qaror parlament saylovlari bilan bog‘liq.

“Saylovlar noyabrda bo‘lib o‘tadi deb o‘ylagan edik. Ammo markaziy saylov komissiyasi uni oktabrda o‘tkazishni talab qila boshladi. Agar prezidenti AQShga ketsa, faqat oktabrning boshida qayta oladi. Saylovlar juda muhim, shu bois Almazbek Atambayev u paytda Qirg‘izistonda bo‘lishi kerakligiga qaror berdi. Safar shu sababdan bekor qilindi”, - dedi Isoqov.

Top