Surxondaryoning Boysun tumanidagi Darband YPX maskani xodimlari Samarqand-Denov yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan G. Qidirniyozov boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli yuk avtomashinasida 88.4 mln so‘mlik 421 dona elektr o‘choqlar olib ketilayotganini aniqlashdi. Tekshiruv davomida bu yuklar soxta hisob-faktura asosida olib ketilayotgani ma'lum bo‘ldi.
Voqea joyida hujjatlar rasmiylashtirilib, noqonuniy tovarlar olib qo‘yildi.
SVOJJDLQK departamentining Surxondaryo viloyat boshqarmasi bo‘limining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan G. Qidirniyozovga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.