15:48 / 27.08.2015
3013

Buxoro shahrida "Shirin" bolalar markazi foydalanishga topshirildi

“Shirin” bolalar markazi “Shirin plaza fayz” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan. Markazda bolajonlarning miriqib dam olishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.

“Shirin” bolalar markazi “Asakabank”ning viloyat filiali tomonidan ajratilgan 800 million so‘mlik kredit evaziga barpo etildi.

O‘ndan ziyod yoshlar ishlayotgan markaz binosining birinchi qavatida parhez taomlar oshxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ikkinchi qavatdagi yigirmaga yaqin attraksion soatiga 50 bolaga xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, markazda yumshoq o‘yinchoqlar bilan jihozlangan maxsus maydoncha ham mavjud.

Buxoro shahar hokimligidan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida tadbirkorlarning 2,6 milliard so‘mlik mablag‘i hamda tijorat banklari tomonidan ajratilgan 2,2 milliard so‘m miqdoridagi kredit hisobiga 74 loyiha amalga oshirilgan. Natijada 173 yangi ish o‘rni yaratilgan.

Top