10:04 / 27.08.2015
3229

Isroil samolyotlari G‘azo sektoriga hujum uyushtirdi

Isroil Harbiy havo kuchlariga tegishli samolyotlar G‘azo sektoriga havo zarbalarini amalga oshirdi. Isroillik harbiy boshliqlardan birining ma'lum qilishicha, bu amaliyot mamlakat janubiga G‘azo tomondan uchirilgan raketa kelib tushishiga javoban amalga oshirilgan.

"G‘azodan uchirilgan raketa zarbasiga javoban Isroil samolyotlari sektordagi qurol ishlab chiqariluvchi zavodlarni bombaladi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, 2015 yil hisobidan G‘azo sektoridan Isroil hududiga jami 8 marta raketa zarbasi berilgan.

26 avgust kuni yo‘llangan oxirgi raketa XAMAS jangarilari tomonidan uchirilgani aniq bo‘lgan.

Isroil tomoni bu raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lgan yoki jarohatlanganlar yo‘qligini ma'lum qilgan.

Top