22:20 / 27.08.2015
3797

McDonald`s o‘zining raqibi Burger King bilan Tinchlik kunida burger tayyorlashdan bosh tortdi

McDonald`s kompaniyasi o‘zining bosh raqibi Burger King bilan Tinchlik kunida burger tayyorlashdan bosh tortdi.

“Burger tayyorlash haqida bunday taklif McDonald`s’nng bosh ofisiga ikkita ommabop gazeta tomonidan yo‘llangan edi. Ular rad javobini berishdi”, deb aytdi Burger King matbuot direktori Ivan Shestakov.

G‘oya bo‘yicha, tayyorlanadigan burger ikki raqibning do‘stligi ramzi bo‘lishi kerak edi. Burger King kompaniyasi McDonald`s’ga birgalikda Mc.Whopper burgerini tayyorlashni taklif qilgan. Yangi burger 21 sentabr – Xalqaro dunyo kunidan sotilishi mo‘ljallangan edi.

Top