12:01 / 27.08.2015
3333

O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 10 yilda 8 barobar ko‘paydi

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 2014 yilda O‘zbekistonga 2 mln xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. 2005 yilda bu ko‘rsatkich 240 ming kishiga teng edi. Shu tariqa, bu davr ichidagi o‘sish 8 barobarni tashkil qiladi.

Ta'kidlanishicha, mamlakatda 20 yildan buyon turistik oqimni ko‘paytirish borasida ish olib borilmoqda. Tarixiy me'moriy yodgorliklar restavratsiyasi, yangi diqqatga sazovor obektlarni yaratish bilan bir qatorda zaruriy turistik infrastruktura yaratilmoqda.
2004 yilda esa BMTning butunjahon turistik tashkiloti Samarqandda vakolatxona ochdi. Ushbu vakolatxona Ipak yo‘li hududida turizmni rivojlantirish bilan shug‘ullanmoqda.

Turistik kompaniyalardan birining rahbari Feruza Dilmurodova O‘zbekistonning turistik salohiyatiga o‘z munosabatini bildirdi.
“O‘zbekiston turli davr va madaniyatlarga oid yodgorliklarga to‘la. Ularning soni 7 mingdan oshadi. Infrastrukturani jahon miqyosida rivojlantirish zarur”, - ta'kidladi u.

Top