09:21 / 27.08.2015
2900

Sharif: Pokiston Qozog‘istondan neft va gaz import qilmoqchi

Pokiston Qozog‘istondan neft va gaz import qilmoqchi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Navoz Sharif aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, u Qozog‘istonga rasmiy safar bilan tashrif buyurdi.

“Biz fan, iqtisodiyot, transport va havo aloqalari sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldik. Biz Qozog‘istondan neft va gaz import qilishni rejalashtirmoqdamiz”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Top