18:07 / 27.08.2015
2604

Windows 10 75 mln uskunaga o‘rnatildi

Microsoft korporatsiyasi prezidentining o‘rinbosari Yusuf Mahdiy Twitter’dagi sahifasi orqali Windows 10 dasturiy ta'minotining 75 mln uskunaga o‘rnatilganini ma'lum qildi.
Mahdiy, shuningdek, yangi operatsion tizim haqida 9 faktni ma'lum qildi.

Jumladan, undan 192 mamlakat fuqarosi foydalanmoqda, kompyuter va planshetlarning 90 ming xil modeliga u o‘rnatilgan va h.k.
Windows 10ning tez tarqalishiga sabablardan biri sifatida Windows 7/8/8.1 foydalanuvchilari uni bepul olishi mumkinligi ko‘rsatilmoqda.

Top