00:15 / 28.08.2015
3301

“Krasnodar” Yevropa ligasining guruh bosqichiga chiqdi

Yevropa ligasi pley-off bosqichining javob uchrashuvida “Krasnodar” jamoasi Xelsinkida mahalliy “XIK” bilan durrang natija qayd qildi.

Uchrashuv uncha ham tomoshabop chiqmadi va xafvli imkoniyatlarga boy bo‘lmadi. Krasnodarliklar o‘yin borishini nazorat qilishdi va bir hafta avval o‘z uylarida erishgan yirik hisobni ushlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi. Birinchi uchrashuv 5:1 hisobida Rossiya vakillari foydasiga hal bo‘lgandi.

Ushbu g‘alaba evaziga Oleg Kononov shogirdlari Yevropa ligasining guruh bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldilar.

"Krasnodar" vakili, o‘zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov uchrashuvning boshidan oxirigacha maydonda harakat qildi.   

Yevropa ligasi. Pley-off bosqichi. 2-uchrashuv

XIK (Xelsinki, Finlyandiya) – Krasnodar (Krasnodar, Rossiya) – 0:0

Ogohlantirishlar: Shuller, 36; Mendi, 44 – Torbinskiy, 69; Yenjyeychik, 90+1.

Top