19:59 / 28.08.2015
3982

“Tolibon” jangarilari Afg‘onistonda 25 kishini o‘ldirdi

Afg‘onistonning shimolida “Tolibon” jangarilari hujumi oqibatida oxirgi ikki kun ichida 25 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi.

Mahalliy hukumat vakili Muhammad Tohir Rahmoniyning aytishicha, Faryob viloyatidagi Ostona qishlog‘ida o‘ldirilganlar orasida ayollar va bolalar bor.

Qishloq bir hafta avval hukumat qo‘shinlari tomonidan ozod etilgan edi, biroq “Tolibon” uning ustidan nazoratni yana qaytarib oldi.

Top