09:04 / 28.08.2015
4380

Amerikalik sevishganlar okean ostida turmush qurishdi

AQShning Florida shtati Mayami shahridan bo‘lgan ikki sevishgan Ki Largo oroli yaqinida okean ostida turmush qurishdi.
Yoshlar noodatiy marosimga jiddiy hozirlik ko‘rishdi: kelin oq ko‘ylak, kuyov an'anaviy kostyum kiyib, galstuk taqqan holda notarius ishtirokida nikohdan o‘tishdi, deya xabar berdi mir24.tv.

Qo‘shimcha ravishda akvalang va last (suvda suzish uchun ikki oyoq uchiga kiyiladigan moslama) kiyib olgan kelin-kuyovning baxtiyor lahzalarida rang-barang baliqlar “mehmon” sifatida ishtirok etishdi. Yoshlarning yaqinlari esa marosimni suv yuzasida – kater ustida kuzatishdi xolos.

“O‘ylaymanki, bu yerga nikohimizning 50 yilligini nishonlashga ham kelamiz”, – dedi kelin bo‘lmish Kimberli Trayolet.
Qayd etish joizki, Mayami o‘z nikohini g‘ayrioddiy usulda nishonlovchi yosh oilalar maskani. Bu yerda o‘z nikoh marosimini 40 metrli balandlikka o‘rnatilgan rezina arqondan sakrab yoki snovbord taxtachasi ustida o‘tkazuvchi yoshlar ham yo‘q emas.

Top