22:35 / 28.08.2015
3098

AQShda 17 yoshli o‘smir “IShID” bilan aloqasi tufayli 11 yilga qamaldi

AQShning Virjiniya shtatida yashovchi 17 yoshli Ali Amin “IShID” terrorchilik guruhini qo‘llab-quvvatlagani uchun 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Aminni 136 oy, ya'ni 11 yilga ozodlikdan mahrum etish hukmini AQSh okrug sudi chiqardi. Sud o‘smir “IShID”ga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha rejalar tuzganini o‘rnatdi.

Top