18:39 / 28.08.2015
4309

Janubiy koreyalik dizayner stakanlar uchun lab va burun shaklidagi qopqoq o‘ylab topdi

Janubiy koreyalik dizayner Chan Vu-Sok (Jang WooSeok) kofe ishqibozlari foydalanadigan odatiy stakan qopqoqlarini almashtirishni taklif qilmoqda. Uning yangi kashfiyoti lab va burun shakliga ega, deya xabar berdi The Daily Mail.

Dizayner so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda qo‘lda olib yuriluvchi kofelar shahar madaniyati ramzlaridan biriga aylanib ulgurgan. Uning qopqoqlarida lab va burun shaklining bo‘lishi esa noodatiy ko‘rinadi.

Hozircha bunday qopqoqlar bir necha nusxada yasalgan bo‘lsa ham, dizayner biror kompaniya bilan shartnoma tuzib, uni seriyali ishlab chiqarishga umid bildirmoqda.

Qayd etilishicha, bu Channing dizaynerlik sohasidagi birinchi ishi emas. Bundan avval Coroflot dizaynerlik saytida sichqoncha uchun cho‘tkacha, mototsikl-stul kabi noodatiy ishlanmalarni namoyish etgan.

Top