10:14 / 28.08.2015
5862

Kardashyan va Uest YouTube asoschisidan sud orqali 440 ming dollar undirishdi

AQSh shou-biznesida mashhur juftlik – Kim Kardashyan va Kane Uest YouTube videoservisi asoschisi Chad Xerlini sudga berib, undan 440 ming dollar undirishga muvaffaq bo‘lishdi.

2014 yili Xerli MixBit nomli yangi loyihasining mashhurligini oshirish uchun Kanening Kimga nikohdan o‘tishni taklif qilishi videosini tarmoqqa joylashtirdi, ammo buning uchun ruxsat olmadi. Bundan g‘azablangan juftlik biznesmenni sudga berdi.

Sud qaroriga binoan yaqin bir necha kun ichida Xerli juftlikka 440 ming dollar to‘lashi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yilning fevralida reper Uest shoumen Kardashyanga 15 karatli brilliant o‘rnatilgan uzuk tuhfa etib, turmush qurishni taklif qilgandi. Bu voqea San-Frantsiskodagi beysbol stadionida, oila davrasida va orkestr sadolari ostida amalga oshirildi.

Top