22:22 / 29.08.2015
2251

“Manchester Siti” birinchi bor chempionatni o‘z darvozasi daxlsiz qolgan 4 ta uchrashuvdan boshladi

“Manchester Siti” Angliya chempionatining navbatdagi 4-turida “Uotford”ga qarshi uchrashuvda o‘z maydonida 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Shaharliklar” bu g‘alabalari evaziga chempionatdagi ketma-ket 4 o‘yinda o‘z darvozalarining daxlsiz qolishiga erishgan holda g‘alaba qozondilar. “Siti” bunday natijaga birinchi bor erishdi. Bu uchrashuvlarda “Man Siti” darvozasini Jo Hart qo‘riqladi.

Shuningdek, “Man Siti” ketma-ket erishilgan g‘alabalar soni bo‘yicha o‘z tarixidagi klub rekordini yangiladi. “Uotford” ustidan erishilgan g‘alaba “shaharliklar”ning ketma-ket erishgan 10-g‘alabasi bo‘ldi. Avvalgi 9 ta yutuqli o‘yindan iborat rekord 1912 yilda o‘rnatilgan edi.

Manchester Siti (Manchester) – Uotford (Uotford) – 2:0
Gollar: Sterling, 47 (1:0); Fernandino, 56 (2:0).

Top