22:57 / 29.08.2015
3642

Angliya Premer ligasi: “Chelsi”, “Liverpul” o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi

29 avgustda Angliya Premer ligasining 4-turi doirasida “Chelsi” va “Liverpul” o‘z maydonlarida mos ravishda “Kristal Pelas” va “Vest Xem”ni qabul qildi.

Londondagi uchrashuv 1:2 hisobida mehmon jamoa – “Kristal Pelas” foydasiga tugadi. Uchrashuvning 65-daqiqasida mehmon jamoa hujumchisi Bakari Sako hisobni ochdi. 79-daqiqada Radamel Falkaoning to‘pi hisobiga londonliklar hisobni tenglashtirishdi. Falkao “Chelsi” tarkibida o‘zining birinchi to‘pini urdi. Biroq ikki daqiqa o‘tmay Joel Uord “Kristal Pelas”ni oldinga olib chiqdi va uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Angliya Premer-ligasi. 4-tur

Chelsi (London) – Kristal Pelas (London) – 1:2
Gollar: Sako, 65 (0:1); Falkao, 79 (1:1); Uord, 81 (1:2).

Liverpuldagi uchrashuv “Vest Xem”ning 0:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Liverpulliklar uchrashuvning 3-daqiqasidayoq tezkor golni o‘tkazib yubordilar. Golni o‘z hisobiga Manuel Lansini yozib qo‘ydi. 29-daqiqada Mark Noubl hisobni 0:2 ga, qo‘shimcha vaqtning 2-daqiqasida Diafra Saxo 0:3 ga yetkazib qo‘ydi. Uchrashuvda mehmon va mezbon jamoadan bir nafardan o‘yinchi – Felipe Koutinyu va Mark Noubl o‘yindan chetlatildilar.

Liverpul (Liverpul) – Vest Xem Yunayted (London) – 0:3
Gollar: Lansini, 3 (0:1); Noubl, 29 (0:2); Saxo, 90+2 (0:3).
Chetlatish: Koutino, 52 – Noubl, 78.

Top