07:23 / 29.08.2015
2796

Oq uy: AQSh Ukraina konstitutsiyasida desentralizatsiya to‘g‘risida tuzatishlar kiritilishini qo‘llab-quvvatlamoqda

AQSh Ukraina konstitutsiyasiga mamlakatdagi hokimiyatni desentralizatsiya qilishni (markazsizlashtirish) ko‘zda tutuvchi tuzatishlar kiritilishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden va Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘rtasidagi telefon suhbatlashuvi natijalariga ko‘ra 28 avgustda Oq uy ma'lumot berdi.

“Vitse-prezident AQSh prezident Poroshenko va Ukraina Konstitutsiyaviy komissiyasi taklif qilgan Konstitutsiyaga Minsk kelishuvlariga ko‘ra mamlakatdagi hokimiyatni sezilarli markazsizlashtirishni ta'minlaydigan va shu bilan birga Ukraina davlatining yagona tuzilishini saqlab qoluvchi tuzatishlarni kiritishni qat'iyan qo‘llab-quvvatlaydi”, deb ta'kidlamoqda Oq uy.
Ukraina Konstitutsiyaviy komissiyasi iyul oxirida markazsizlashtirish haqidagi asosiy qonunga kiritilishi rejalashtirilgan tayanch o‘zgartirishlar matnini ma'qullagan edi. Shundan keyin Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko “bu o‘zgartirishlarning ishlab chiqilishida Donbass vakillari ham ishtirok etganlarini” ta'kidlab o‘tgan.

Top