02:27 / 30.08.2015
2909

“Barselona” Vermalen goli evaziga “Malaga” ustidan g‘alaba qozondi

Ispaniya Primerasining 2-turida amaldagi chempion “Barselona” “Malaga” ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuv “Barsa”ning uy maydoni “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tdi va 1:0 hisobida mezbonlar hisobiga yakunlandi.

“Barsa” butun uchrashuv davomida ustunlikka ega bo‘ldi, biroq uchrashuvdagi yagona to‘pni 73-daqiqaga kelib kiritishga muvaffaq bo‘ldi: “Malaga” darvozaboni darvoza tomon tepilgan to‘pni mushti bilan chiqarib, uni shundoqqina Tomas Vermalenning oyog‘i ostiga tashlab berdi. Belgiyalik futbolchi xayollab o‘tirmay raqib jarima maydoni tashqarisidan to‘pni darvoza tomonga aniq yo‘naltira oldi.

Ikki turdan keyin “Barsa” 6 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 1-o‘rinni egallamoqda, o‘tgan turda durrang natija qayd qilgan “Malaga” esa 1 ochko bilan 15-o‘rindan joy oldi.

Ispaniya Primerasi. 2-tur
Barselona (Barselona) – Malaga (Malaga) – 1:0
Gollar: Vermalen, 73 (1:0).

Top