22:07 / 30.08.2015
2814

“Lokomotiv” “Krasnodar”ni mag‘lub etib, Rossiya Premer-ligasida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi Rossiya Premer-Ligasining 7-turida “Krasnodar” ustidan g‘alaba qozondi. “Lokomotiv” stadionida o‘tgan uchrashuv 2:1 hisobida “temir yo‘lchilar” foydasiga yakunlandi.

Uchrashuvdagi hisob mehmonlar tomonidan ochildi: 11-daqiqada Rossiya terma jamoasi hujumchisi Fyodor Smolov o‘z hisobiga to‘p yozib qo‘ydi. “Temir yo‘lchilar” 18-daqiqada Bayye Umar Niasse to‘pi hisobiga hisobni tenglashtirishdi. O‘yindagi yakuniy hisobni Alan Kasayev 56-daqiqadagi to‘pi bilan o‘rnatdi.

”Lokomotiv” ushbu g‘alabasi evaziga 17 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalining 2-o‘riniga ko‘tarilib oldi. Chempionatda 6 ta o‘yinda 18 ochko to‘plagan TsSKA yetakchilik qilmoqda. “Krasnodar” esa 9 ochko bilan 8-o‘rindan joy oldi.

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Vitaliy Denisov uchrashuvning boshidan oxirigacha maydonda harakat qildi. Yana bir hamyurtimiz Odil Ahmedov uchrashuvning 61-daqiqasida Gazinskiy o‘rniga maydonga tushdi.

Rossiya Premer-Ligasi. 7- tur

Lokomotiv (Moskva) – Krasnodar (Krasnodar) – 2:1

Gollar: Smolov, 11 (0:1); Niasse, 18 (1:1); Kasayev, 56 (2:1).
Ogohlantirishlar: Tarasov, 30; Chorluka, 32 – Laborde, 21; Gazinskiy, 34; Strandberg, 39.

Top