Turkiya prezidenti Rejyep Tayip Erdogan juma namozini o‘qib bo‘lgandan so‘ng fuqarolardan birining qo‘lidan sigaretni olib, uni tavba qilishga chaqirdi. Prezident va fuqaro o‘rtasida quyidagicha suhbat bo‘lib o‘tdi:
Erdogan: “Yo Alloh, mana shu muqaddas juma kuni sigaretni tashlaman”, – deb ayt.
Fuqaro: InshaAlloh.
Erdogan: InshaAlloh. “InshaAlloh” nima ma'noni anglatadi? “Agar Alloh xohlasa”. Alloh nimani xohlaydi? Yaxshilikni. Alloh yomonlikni xohlamaydi. Ramazonda ham chekasizmi?
Fuqaro: Yo‘q.
Erdogan: Demak, bu qiyin ish emas.