Xorazm viloyati Urganch tuman IIBga mazkur tumanning Yuqoribog‘ qishlog‘ida yashovchi, 1965 y.t. fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda noma'lum shaxs uning uyiga ochiq qolgan deraza orqali kirib, yotoqxonasidan 3 turdagi sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor-surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni jabrlanuvchining 22 yoshli hamqishlog‘i sodir etganligi aniqlanib ushlangan.
Mazkur o‘g‘rilik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.