18:43 / 31.08.2015
3345

Fransiya «Mistral»larni Rossiyaga harbiy qurilmalarni qaytarganidan so‘ng boshqa xaridorga sota oladi

Fransiya tomoni Rossiyaga «Mistral» vertolyot tashish kemalarini yetkazib berish haqidagi shartnoma buzilgani uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 1 mlrd yevrodan ziyod tovon puli Rossiya banklari hisobiga o‘tkazildi. Ushbu mablag‘ Rossiya kemalar uchun avvaldan to‘lagan bo‘nak, ekipaj a'zolarining malaka oshishi hamda Uzoq Sharqda yaratilgan infratuzilmalar uchun sarflangan xarajatlarni o‘z ichiga oladi.

Fransiya vertolyot tashish kemalarini boshqa xaridorlarga sotish huquqiga esa 2015 yil kuz oxirlarida, Rossiyaga mamlakat hududida ishlab chiqarilgan harbiy qurilmalar qaytarilganidan so‘ng ega bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, Rossiya tomoni vakillari «Mistral» vertolyot tashish kemalari masalasini to‘liq hal qilingan, deb hisoblaydi.

Top