10:43 / 31.08.2015
2998

Hasanboy Rahimov Sarayevoda O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga yana bitta kumush medal keltirdi

Bosniya va Gertsegovina poytaxti Sarayevo shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi. Bu turnirda erkin kurash bo‘yicha ishtirok etgan Hasanboy Rahimov 100 kg vazn toifasida kumush medalga ega chiqdi.

U finalga chiqqunicha, nimchorak final bosqichida serbiyalik Aleksandr Pantelichni, chorak finalda esa hindistonlik Hussain Nosirni, yarim finalda Turkiya vakili Yaqub Yerliqoyani mag‘lubiyatga uchratgandi. Lekin finalda Hasanboy Rahimov AQSh vakili Geybl Stivensondan yengildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldinroq, Hasanboy Rahimovning ukasi Husanboy Rahimov ham turnirda erkin kurash bo‘yicha ishtirokini muvaffaqiyatli o‘tkazgan va O‘zbekiston terma jamoasi uchun kumush medal olib bergandi.

Top