05:17 / 31.08.2015
6125

Misr qirg‘oqlari yaqinida O‘rta Yer dengizida yirik tabiiy gaz koni topildi

Italiyaning Eni kompaniyasi o‘zining saytida Misr qirg‘oqlari yaqinida O‘rta Yer dengizida yirik tabiiy gaz koni topilganini ma'lum qildi. Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, konning salohiyati 30 trln kub metr gazga baholanmoqda. Kon taxminan 100 kvadrat kilometr hududni egallagan.

“Bu kon dunyodagi eng yirik tabiiy gaz koni bo‘lishi mumkin”, deyilmoqda kompaniyada.
Kompaniyaning hisob-kitoblariga ko‘ra, kon o‘nlab yillar davomida Misrning tabiiy gazga ehtiyojini qondira olishi mumkin.

Top