20:13 / 31.08.2015
2161

The Times: «Manchester Yunayted» Martial uchun 36 mln funt to‘laydi

"Monako"ning fransiyalik yosh hujumchisi "Manchester Yunayted" a'zosi bo‘lishi oydinlashmoqda.

The Times nashrida ma'lum qilinishicha, "MYu" 19 yoshli bu futbolchi uchun monakoliklarga 36 mln funt to‘laydi.

Martial ayni vaqtda Angliyaga, "MYu" tibbiy ko‘rigidan o‘tish maqsadida yetib kelgan.

Biroz oldinroq, Martialning transferi "MYu" uchun 80 mln yevroga tushishi haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, Martial Fransiya chempionatida o‘tgan mavsumda 35 o‘yinda ishtirok etib, 9ta gol urgan va 3ta golli pas amalga oshirgan.

Top