11:31 / 01.09.2015
3156

Afg‘onistonlik din peshvolari Tolibonga qarshi kurashda jipslashmoqda

Afg‘oniston din peshvolari mamlakat hududida tinch aholini o‘ldirayotgan Tolibon jangarilarining xatti-harakatlariga qattiq norozilik bildirmoqda.
Avgust boshida Kobulda uyushtirilgan terrorchilik aktlari 70 kishini hayotdan olib ketdi. Bu holat din peshvolarining keskin noroziliklariga sabab bo‘ldi.

Ko‘plab taniqli diniy ulamolar bu borada chiqishlar qilishdi va Tolibonga qarshi kurashda din kuchini ishga solishga chaqirishdi.
Jumladan, Tolibon rahbari Mulla Axtar Muhammad Mansur o‘zini iymonlilar yetakchisi deb e'lon qilgani din olimlarida savollar uyg‘otmoqda.
“Insonlardan yashirinib yurgan odam bunday deb e'tirof etishi mantiqqa mos kelmaydi”, - dedi ulamolardan biri mahalliy telekanalga bergan intervyusida.

Maydon Vardak ulamolar kengashi raisi Mulviy Azizurrahmon Sodiqiyning ta'kidlashicha, dindorlar to‘laligicha hukumatni va qo‘shinlarni qo‘llab-quvvatlaydi, axir ular mamlakatda tinchlik o‘rnatish yo‘lida harakat qilmoqda.

Top