11:26 / 01.09.2015
2223

AQSh Davlat departamenti Hillari Klintonning 7 ming sahifalik yozishmalarini e'lon qildi

Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti sobiq davlat kotibi Hillari Klintonning yirik hajmli yozishmalarini e'lon qildi, deb yozadi Wall Street Journal.

7 ming sahifalik yozishmalarning 150 sahifachasi tahrirlangan bo‘lib, ularda oshkor etilishi taqiqlangan ma'lumotlar bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

O‘tgan haftada Klinton rasmiy muloqot uchun shaxsiy pochtasidan foydalanganida hech qanday qoidalarni buzmaganini, biroq hozirda buni o‘rinsiz amalga oshirganini tushunib yetganini ma'lum qilgan edi.

Top