14:59 / 01.09.2015
6467

Border-kolli zotiga mansub it AQSh prezidentligi uchun kurashmoqchi

Border-kolli zotiga mansub it AQSh prezidentligi uchun kurashishni istamoqda, deya xabar tarqatdi The Associated Press agentligi.

Ayni paytla Lyusi Lu laqabli it Kentukki shtatidagi 135 kishi istiqomat qiluvchi Rebbit-Xesh aholi punktining meri lavozimida “ishlaydi”. Mazkur mansab kursisiga Lyusi Lu 2008 yildan buyon “ter to‘kib keladi”.

Merning xo‘jayini Bobbi Keyzerning aytishicha, prezidentlik uchun kurash haqida Lyusi Lu shanba, 5 sentabr kuni rasman elon qiladi. Yangi kampaniya sababli u o‘z lavozimini tark etadi. Hozircha Lyusi Luning qaysi partiyadan nomzodini ilgari surishi noma'lum.

Shu vaqtga qadar San-Frantsisko shahriga kuchuk mer sifatida saylangan bo‘lsa, yana bir shahar yetakchiligi uchun cho‘chqa kurash olib borgan edi.

Top