21:13 / 01.09.2015
2848

Dvorkovich: Rossiya neft qazib olish hajmini oshirmaydi

Rossiya joriy narxlarda neft qazib olishga investitsiyalarni ko‘paytirish niyatida emas. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Neftning hozirgi narxlarida tabiiyki qiyin boriluvchi konlar, alohida yangi loyihalarga investitsiyalar hajmi kamayadi va bu o‘z ortidan yo‘q deganda ko‘paymaslikka olib keladi. Balki u kamaymasligi ham mumkindir, biroq kichkina pasayishning doimo imkoni bor, biroq ko‘payishi dargumon” deb aytdi Dvorkovich.

Shu bilan birgan Rossiya neft olish hajmini kamaytirishni istamayapti. Bu haqda hukumat investorlarga aytmoqda.

“Neft narxi uzoq vaqt past darajada davom etsa, avvalgidek bo‘lganidek, neft qazib olishda ham pasayish bo‘lishi mumkin. Biroq shunga qaramasdan, neft qazib olishda qandaydir pasayishlarni ko‘rmayapman”, deb qo‘shimcha qildi Dvorkovich.

Top