12:29 / 01.09.2015
2244

«Inter» Lyayichni ijaraga olgani haqida e'lon qildi

Rimning "Roma" jamoasining bosniyalik yarimhimoyachisi Adam Lyayich Italiyaning boshqa bir jamoasi "Inter" safiga o‘tdi. Bu haqda "nerazzurilar"ning rasmiy saytida xabar berilgan.

Xabar qilinishicha, 23 yoshli ushbu futbolchi 1 yil davomida "Inter" safida ijara asosida harakat qiladi.

Ma'lumot uchun, Italiyadagi faoliyatini "Fiorentina"da boshlagan Lyayich 2014 yilda "Roma"ga o‘tgan va 32 o‘yinda 8ta gol urib, 2ta golli pas uzatgan.

Top