19:51 / 01.09.2015
2455

O‘zbekiston va Chili o‘zaro hamkorlikning ayrim jihatlarini muhokama qildi

2015 yilning 31 avgust kunida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi binosida Chilining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida joylashgan) Xuan Eduardo Egiguren qabul qilindi.

O‘zbekiston TIVning matbuot xizmati xabar berishicha, uchrashuv chog‘ida tomonlar o‘zaro aloqalarning bugungi holati va xalqaro doiralardagi hamkorliklar masalalari bo‘yicha muhokama o‘tkazishgan.

"Tomonlar uchrashuv chog‘ida hududiy sohalar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi", deyiladi xabarda.

Top