11:43 / 01.09.2015
3721

Toshkentda mashina o‘g‘risi qo‘lga olindi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida mashina o‘g‘risi qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasida chop etilgan IIBB YHXB hisobotida aytildi.

Aytilishicha, tumanning G‘azalkent ko‘chasida VAZ-2102 rusumli avtoulov ko‘chada qarovsiz qoldirib ketilgan. Fursatdan foydalanib ismi keltirilmagan talonchi mashina olib qochishga harakat qilgan. Ammo uning xatti-harakatlarini patrul xizmatining diqqatini tortgan. Natijada jinoyatchi qo‘lga olingan.

Top