12:12 / 01.09.2015
1686

«Yuventus» «Marsel»dan Leminani ijaraga oldi

«Yuventus» klubi «Marsel» yarim himoyachisi Mario Leminani ijaraga oldi. Bu haqida turinliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.

22 yoshli futbolchi 1 yil davomida «Yuventus» sharafini himoya qiladi. Buning uchun «byankonerilar» 30 sentabrga qadar «Marsel»ga 500 ming yevro to‘lashi lozim.

«Yuventus» keyinchalik Leminaning transfer huquqini 9,5 million yevro evaziga sotib olishi mumkin. O‘yinchi ijara davrida ma'lum yutuqlarni qo‘lga kiritsa, transfer summasi yana bir millionga oshishi aytilgan.

O‘z navbatida «Marsel» turinliklardan Paolo de Chele va Maurisio Islani ijaraga olishdi. Fransiyaliklar Islaning transferini 7 million yevroga sotib olishlari mumkin.

Top