12:19 / 01.09.2015
3350

Zarbdorlik ulfatlar Baxmaldagi uchta do‘kondan 5.5 mln so‘m o‘g‘irlab ketishdi

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida istiqomat qiluvchi uch nafar ulfat Baxmal tumaniga yo‘l olib, u yerdagi do‘konlarga o‘g‘irlikka tushishdi. Bu haqda “Na postu” nashri xabar bermoqda.
Jasur, Nodir va Bunyod ismli yigitlar ichkilikka mukkasidan ketgan va hech qayerda ishlamagan. Kayfu-safoni davom ettirishga pullari qolmagan ulfatlar Baxmal tumaniga yo‘l olib, u yerda do‘konlarga o‘g‘rilikka tushishgan.

“Ular birinchi do‘kondan 3 mln so‘mlik, ikkinchi do‘kondan 1 mln so‘mlik mahsulot o‘g‘irlashgan, - deydi tuman IIB tergovchisi, kapitan Farhod Boyto‘rayev. – Lekin bu ham kamlik qilib, uchinchi do‘konga tushishgan va u yerdan 1.5 mln so‘mlik mahsulot olib chiqib ketishgan. Jinoyatchilar ertasi kuni kechki payt qo‘lga olindi”.

Top