23:38 / 02.09.2015
5050

Afg‘onistonda erkak bilan ayol vafosizlik qilgani uchun 100 marta darralandi

Afg‘oniston sudi bir erkak bilan ayolga o‘z juftlariga vafosizlik qilganlari uchun qamchi bilan 100 marta darralash hukmini chiqardi. Bu haqda The Gulf News nashri xabar bermoqda. 

Hukm 31 avgustda olomon ko‘zi oldida Gor viloyatida amalga oshirildi. Yig‘ilganlardan ba'zilari bo‘layotgan voqealarni videoga olishga ham ulgurdi.

“Ularning munosabatlari allaqachon barham topgan, biroq ular avgust oyidagina hibsga olindi. Jazo hukmi shariat qonunlari asosida chiqarildi va boshqalarga saboq bo‘ladi”, deb aytmoqda mahalliy gubernator Sima Jovendaning rasmiy vakili.

Videoda paranjidagi ayol qamchilanayotgani tasvirlangan. Odatda shariat qonunlari asosidagi hukmlar toliblar nazorati ostidagi viloyatlarda chiqariladi. Afg‘oniston hukumati mahalliy aholi vakillarining toshbo‘ron qilinishi yoki kaltaklanishini qoralab kelmoqda.

Top