14:15 / 02.09.2015
2854

Amudaryo tumanida shifoxona binosi foydalanishga topshirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi Qipchoq ovulida qishloq shifoxonasining binosi mukammal ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda UzA xabar bergan.

"Shifoxona binosida 2 milliard 400 million so‘mlikdan ortiq qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, zamonaviy asbob-uskunalar, tashxis apparatlari bilan jihozlandi.
Keng va yorug‘, ozoda xonalarda shifokor va bemorlar uchun barcha sharoit yaratilgan. Zamonaviy tibbiy uskunalarda bemorlarga tashxis qo‘yish va davolash imkoniyati yanada kengaydi", deyiladi xabarda.

Top