09:24 / 02.09.2015
2692

AQShdagi ikki maktab o‘quvchilardan birining internet orqali qilgan tahdidi tufayli yopildi

AQShning Kaliforniya shtatidagi 2 maktab o‘z manziliga 15 yoshli o‘quvchining Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali amalga oshirgan tahdidi tufayli yopib qo‘yildi. Bu haqda NBC telekanali xabar bergan.

Mahalliy politsiya ushbu tahdidga jiddiy e'tibor qaratib, tahdid qiluvchining uyini tintuv qilgan va uydan o‘qotar qurol topgan.

Politsiya boshlig‘i Jyerri Dayyerning aytishicha, bu o‘quvchi rostdan ham hujum qilishni rejalashtirgandi. Ayni vaqtda bu o‘quvchining ruhiy salomatligini tekshirish uchun maxsus mutaxassislarga murojaat qilingan.

Top