12:03 / 02.09.2015
10910

Fayzulla Mullajanov dunyo markaziy banklari rahbarlari reytingida o‘z o‘rnini yaxshiladi

Global Finance jurnali (AQSh) tomonidan tuzib chiqilgan dunyoning eng yaxshi markaziy bank rahbarlari reytingida O‘zbekiston Markaziy banki raisi Fayzulla Mullajonov o‘z pozitsiyasini yaxshiladi.

O‘zbekiston Markaziy banki raisi Fayzulla Mullajonov “S-” reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘ldi. O‘tgan yili esa uning darajasi “D” edi, deya xabar qildi GFMAG.com.

Qayd etish joizki, Global Finance 1994 yildan buyon dunyoning qariyb 75 mamlakati, shu jumladan, Yevropa Markaziy banki rahbarlari reytingini tuzib keladi. Markaziy bank yetakchilari reytingi har yili inflyatsiya ustidan o‘rnatilgan nazorat, iqtisodiy rivojlanishdagi muvaffaqiyatlar, valyuta barqarorligi va foiz stavkalarini boshqarishdagi yutuqlariga asoslangan holda “A”-“F” shkalalari bo‘yicha tuzib chiqiladi. Bunda “A” eng yaxshi natijalarni qayd etgan rahbarlarga loyiq ko‘riladi.

Bu yili eng yuqori natijani Chexiya Respublikasi, Hindiston, Isroli, Malayziya, Paragvay, Peru, Filippin va Tayvan, shuningdek, Yevropa Markaziy banki raislari qayd etishdi. Kolumbiya, Saudiya Arabistoni va AQSh Markaziy banklari yetakchilari esa “A-” reytingiga erishdi.

Mazkur reytingida Qozog‘iston Markaziy banki raisi Kayrat Kelimbetov ham o‘z pozitsiyasini yaxshilab, “S”dan “V” darajaga ko‘tarilgan bo‘lsa, qolgan qo‘shni mamlakatlar markaziy banklari yetakchilari ro‘yxatdan o‘rin olmagan.

Top