20:18 / 02.09.2015
3939

Islom Karimov Xitoyga yetib borib, Si Tszinpin bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Xitoy poytaxti Pekin shahriga yetib bordi va mamlakat rahbari Si Tszinpin bilan uchrashdi.

Islom Karimov XXR raisining taklifi bilan Pekinga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston rahbari tashrif doirasida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimlarda ishtirok etadi, Xitoy rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alaba, shuningdek, Xitoy xalqining Yaponiya agressiyasiga qarshi kurashdagi g‘alabaning 70 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan ushbu paradda 30dan ortiq mamlakat rahbarlari ishtirok etishi ma'lum qilingan.

XXR Davlat kengashi devonxonasining ma'lum qilishicha, tadbirda jami 49 mamlakat vakillari ishtirok etadi.

3 sentabr kuni Tyananmen maydonidan 12 ming askar va zobit parad bilan o‘tadi. Paradga, shuningdek, 200 donadan yer usti texnikasi va samolyot jalb qilinadi.

Paradni tayyorlashga rahbarlik qilayotgan general-mayor Tsyuy Juyning ma'lum qilishicha, paradda ishtirok etadigan texnikaning 84 foizi birinchi marta namoyish etiladi.

Top