10:29 / 02.09.2015
6747

Islom Karimov Xitoyga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning taklifiga binoan 2015 yil 2 sentabr kuni Pekin shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda UzA xabar berdi.

O‘zbekiston rahbari tashrif doirasida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimlarda ishtirok etadi, Xitoy rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alaba, shuningdek, Xitoy xalqining Yaponiya agressiyasiga qarshi kurashdagi g‘alabaning 70 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan ushbu paradda 30dan ortiq mamlakat rahbarlari ishtirok etishi ma'lum qilingan.

XXR Davlat kengashi devonxonasining ma'lum qilishicha, tadbirda jami 49 mamlakat vakillari ishtirok etadi.

3 sentabr kuni Tyananmen maydonidan 12 ming askar va zobit parad bilan o‘tadi. Paradga, shuningdek, 200 donadan yer usti texnikasi va samolyot jalb qilinadi.

Paradni tayyorlashga rahbarlik qilayotgan general-mayor Tsyuy Juyning ma'lum qilishicha, paradda ishtirok etadigan texnikaning 84 foizi birinchi marta namoyish etiladi.

Top